TERDUDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN DAVOM ETMOQDA!

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Algebra va analizning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bugun ham o‘z ishini sho‘ba yig‘ilishlari shaklida davom ettiyapti. 

Sho‘balarda nafaqat respublikamizning yetakchi olimlari, balki xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan akademiklar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etishmoqda.

Anjuman doirasida akademiklar va ilmiy jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar, tajriba almashish sessiyalari ham tashkil etildi. Bundan tashqari anjuman ishtirokchilariga universitetda joriy etilgan KPI baholash tizimi xususida maʼlumotlar berildi.

Tadbir ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, yosh olimlar salohiyatini oshirish hamda fundamental fanlar rivojiga xizmat qilayotganligi bilan ahamiyatlidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil