O‘zbek tili — millatimiz g‘ururi, mustaqil davlatimiz timsoli!

Surxondaryoda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi. Bugun Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan maydonda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Bayram dasturi Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Tadbirda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari, shuningdek, harbiylar ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining jozibadorligi, boy lug‘aviy xazinasi va dunyo tillari orasidagi o‘rni haqida so‘z yuritib, mustaqillikdan avval qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun hamda keyingi yillarda tilimiz nufuzini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini ta’kidladilar.

Tadbir San’at saroyi majmuasida davom ettirilib, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri san’atkorlari tomonidan ona tilimiz ulug‘langan sahna asarlari namoyish etildi. Shuningdek, vohamizning taniqli san’atkorlari va folklor jamoalari chiqishlari bayramona ruh bag‘ishladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil