21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kun munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabalar o‘rtasida “Ona tilim faxrim g‘ururim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlov talabalarning davlat tiliga bo‘lgan hurmatini namayon qilish, savodxonligini oshirish va bilim darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli, faol va zukko talabalar ishtirok etib, o‘z qarashlarini insho orqali bayon etdilar.