TerDU «Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Termiz davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tomonidan talabalar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida «Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Termiz shahar adliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘tgan suhbat va targ‘ibot tadbirlarida talabalar bilan ochiq muloqot qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik indeksi tushunchasi va fuqarolik mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Tadbirlarning asosiy maqsadi — talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik, poklik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlashdan iborat. 

Hurmatli ustozlar aziz talabalar! Agarda siz universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limining 76-2217710 raqamli Ishonch telefoniga, yoki bo‘limning Korrupsion holatlar bo‘yicha murojaat boti: https://t.me/TerDUantiCorruption_bot elektron platformasi hamda 91-5752001,93-7990101 uyali aloqa telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil