“Ma’rifat ulashib”

Mana bir necha yildirki yurtimizdagi barcha Oliy ta’lim tashkilotlari  talaba–yoshlarini kitob mutolaasiga keng jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga nisbatan daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Xabaringiz bor bugun shahrimizdagi muhtasham San’at saroyida TerDU talabalari yurtimizning  taniqli ijod ahli vakillari bilan uchrashishdi.

Samimiy muloqotlarda O‘zbek adabiyotida voha  maktabining o‘ziga xos jihatlari, xususida to‘xtalgan  O‘zbekiston xalq shoiri, "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati" ordenlari sohibi, senator Mahmud Toir, serqirra ijodkorlar Ne’mat Dushayev, Zohidjon Xolov o‘z ijod maxsuli bilan bo‘lishishdi. Mushoira kechasi ko‘rinishini olgan tadbirda,  yosh qalamkashlar  ham iste’dodlarini namoyon etdilar.

Bir so‘z bilan aytganda "Ma’rifat ulashib" loyihasi  TerDU talaba-yoshlariga  ijodiy muhit  in’om etganligi bilan esda qolarli bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil