Termiz davlat universiteti Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Xuramov Ilxom Panjiyevich Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 raqamli Ilmiy kengashda "Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi" ixtisosligida «Innovatsion yondashuv asosida professional ta’limda ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish mexanizmi» mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Ilxom Panjiyevichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!