Innovatsiyalar haftaligi davom etmoqda!

“InnoWeek–2025” xalqaro ko‘rgazmasi bu yil o‘z miqyosi va ishtirokchilar soni bilan yanada keng qamrov kasb etmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchi va talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, texnologik ishlanmalari hamda ilmiy loyihalarini taqdim etishayapti. 

Haftalik doirasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi g‘oliblari ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar!

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Bozorov Yoqubjon  o‘zining “Mahalliy xom-ashyolar asosida ionalmashinuvchi, ultrafiltratsion membranalar olish” nomli loyihasi bilan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu yutuq — Surxondaryo ilmiy salohiyatining yuksak namunasi!

Tadqiqotchilarimizga keyingi ilmiy faoliyatlarida yanada katta zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil