"Work and Travel Germaniya tajribasi: talaba nigohida imkoniyatlar va saboqlar"

TerDU Tabiiy fanlar fakultetida Germaniyada o‘qish va ishlash imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Germaniyada faoliyat yuritayotgan TerDU o‘qituvchisi Islomov Sanjar hamda dastur ishtirokchilari — talabalarimiz Omonova Fotima va Jumaey Behruz onlayn muloqot orqali o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Seminar davomida quyidagi mavzular yoritildi:
• Germaniyada Work and Travel dasturiga qatnashish tartibi;
• Ish va yashash sharoitlari haqidagi haqiqiy tajribalar;
• Til muhitiga moslashish va madaniyatlar farqlari;
• Dastur orqali o‘zini rivojlantirish va yangi do‘stlar orttirish imkoniyatlari.

Ushbu seminar xorijda o‘qish yoki ishlashni rejalashtirayotgan talabalarimiz uchun muhim tajriba va motivatsiya manbai bo‘ldi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil