Milliy liboslar jozibasi ila kitoblar olamiga sayohat!

O‘zbek filologiyasi fakulteti “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari milliy liboslarning beqiyos go‘zalligida kutubxona sari odimlab, ilm xazinasining sehrli olamiga sho‘ng‘ishdi.

Bu tashrif ularga nafaqat bebaho kitoblar xazinasi bilan yuzma-yuz kelish, balki milliy liboslarimizning o‘ziga xos jozibasini tarannum etish imkonini berdi. 

Milliy liboslarda kutubxona muhitiga kirib kelgan talabalar:
ilmiy meros,
badiiy adabiyot,
ma’naviy qadriyatlar bilan boyidilar va milliy an’analarni asrab-avaylash naqadar muhimligini qalban his qildilar.

Bunday tashabbuslar yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini oshiradi, milliy iftixor va o‘zligimizga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi.

Zero, milliy libos – bu o‘zlik ramzi, kitob esa – ma’rifat kalitidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil