TerDU rektori Shimoli-g’arbiy universiteti vakillarini qabul qildi.

TerDU rektori Shimoli-g’arbiy universiteti vakillarini qabul qildi. 

Joriy yilning iyun oyida Ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi doirasida ikki oliygoh rahbarlari hamkorlikni yuqori bosqichga ko’tarish maqsadida hamkorlik shartnomasini imzolashgan edi.

Hamkor oliygoh bilan 3-4-oktabr kunlari universitetimizda o‘tkaziladigan “Baqtriya arxeologiyasi: Yangi tadqiqotlar va natijalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuv davomida qo‘shma arxeologik tadqiqot va qazilmalarni kuchaytirish istiqbollari ko’rib chiqildi. Ma’lumot o’rnida, oliygoh xalqaro QS reytingida arxeologiya sohasida 51-100 o’rinni egallaydi. 

Taniqli arxeolog olim Professor Van, shuningdek, universitetimiz qoshida Konfutsiy institutini tashkil etish masalasini taklif qildi. Kelgusi o'quv yilidan boshlab yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan xitoy tili ta'lim yo'nalishi uchun ushbu tashabbus juda muhim qadam hisoblanadi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil