TerDUda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” nishonlandi!

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida fayzli dasturxon yozildi.

Bayram tadbiriga oliygohda fidokorona mehnat qilayotgan xo‘jalik xodimlari taklif etilib, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbirda so‘z olgan rektorimiz barcha jamoa a’zolarini ushbu ayyom bilan tabriklab, universitet kampusidagi obodlik, orastalik hamda fayzu barakada ularning katta xizmatlari borligini alohida ta’kidladi.

Bayram munosabati bilan universitet ishchi-xodimlari pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi. Anʼanaga muvofiq, esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

Ushbu tadbir mehr-oqibat, ehtirom va minnatdorchilik ruhi bilan yodda qoldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil