Ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi

Hozirda Minsk shahrida bo‘lib turgan Termiz davlat universiteti professor o‘qituvchilari Belarus Milliy Fanlar akademiyasining Fizika-Organik kimyo instituti direktori, akademik hamda laboratoriya mudiri bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston–Belarus xalqaro fundamental loyihasi doirasida “Tabiiy xomashyolar asosida yangi ultra- va nanofiltratsion membranalar yaratish” mavzusida erishilgan ilmiy natijalar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun: Institutda sanoat korxonalaridagi ishchi havosi va oqava suvlarni tozalash uchun tolali sorbentlar, chuchuklashtirilgan toza suv olish maqsadida ultra- va nanofiltratsion membranalar, shuningdek o‘simliklar uchun nanog‘itlar hamda mineral o‘g‘itlarga nanqo‘shimchalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 54

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil