Rektor huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish bo‘yicha amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari va ularning holati muhokama qilindi.

A. Toshqulov ta’kidlaganidek, universitet ostonasidan qadam qo‘ygan har bir talaba, avvalo, mehrimizni his etishi, mamlakat taraqqiyotida o‘zining muhim o‘rni borligini anglab yetishi lozim.

Shu maqsadda “Birinchi kurs maktabi”, “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari hamda “Mustaqillik darslari”ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, talabalarni turar joylarga joylashtirishda, avvalo, uzoq viloyatlardan kelib o‘qiyotgan, imkoniyati cheklangan, oilasi “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ustuvorlik berilishi zarurligi qayd etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 57

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil