Xotira va qadriyatlar: Qatag‘on qurbonlari yod etildi

 Ma’lumki, mamlakatimizda 2001-yildan buyon 31-avgust – Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish kuni sifatida keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan Termiz davlat universiteti huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga Imom Termiziy o‘rta maxsus Islom bilim yurti ustozlari, talabalar, o‘quvchilar hamda harbiy xizmatchilar tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida yurtimiz ozodligi va kelajagi yo‘lida jon fido qilgan muqaddas ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Shuningdek, ularning boy ma’naviy merosi xususida ma’lumotlar berildi.

Bunday tadbirlar shubhasiz yoshlar qalbida vatanparvarlik, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 57

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil