Bugun TerDU rektori Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi

Bugun Termiz davlat universitetida Islom taraqqiyot banki (ITB) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ayni kunlarda viloyatimizda bo‘lib, ITB mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan loyihalarni monitoring qilish va istiqboldagi rejalarni muhokama qilayotgan delegatsiya a’zolari TerDUga ham tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida konstruktiv muloqot olib borildi. Ma’lumot uchun, universitetda ITB mablag‘lari hisobidan bir qator muhim loyihalar amalga oshirilgan. Jumladan, “Ekologiya”, “Materialshunoslik” va boshqa ilmiy yo‘nalishlar uchun zamonaviy laboratoriya uskunalari xarid qilinib, umumiy qiymati qariyib 2,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu jihozlar nafaqat TerDUning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirdi, balki talabalar uchun xalqaro standartlarga mos amaliy ta’lim olish imkoniyatini ham yaratdi.

“Universitetda yaratilgan xalqaro ruh va muhitni his qildim. Bu, shubhasiz, dunyo oliy ta’limi bilan integratsiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Kelgusida hamkorlik aloqalarimizni yanada kengaytirishda bu katta omil bo‘ladi”, — dedi ITB vakili Musa Jega Ibrahim.

Muloqotda TerDU rektori universitet istiqboli bilan birga Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi yangi loyihalar bo‘yicha ham takliflar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Tashrif chog‘ida ITB delegatsiyasi universitet kampusidagi sharoitlar bilan tanishib, moliyalashtirilgan loyihalar doirasida yaratilgan infratuzilma va jihozlarni ko‘zdan kechirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 61

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 54

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil