TerDU yuridik talabalari BMT loyihasida bilim va tajriba orttirdilar

5–8 avgust kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskanida O‘zbekiston yuridik klinikalari yuridik fakulteti talabalari uchun “Kiberzo‘ravonlik qurbonlariga bepul yuridik yordam ko‘rsatish” mavzusida yozgi maktab o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha BMT ko‘magida tashkil etildi va unda respublikaning 7 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari, jumladan Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari ham faol ishtirok etishdi.

Yozgi maktab davomida Latviya Respublikasidan taklif etilgan xalqaro ekspertlar tomonidan ma’ruzalar, treninglar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Talabalar nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishdi, balki o‘zaro tajriba almashib, jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantirishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 61

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 54

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil