TerDU rektor huzurida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

TerDU rektor huzurida moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor tarkibiga kiruvchi bo‘lim va tuzilmalar mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yangi o‘quv yiliga binolar, auditoriyalar va yotoqxonalarni tayyorlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.

Yangi o‘quv yiliga boshlangunga qadar ma’nan eskirgan kompyuter, jihoz va boshqa vositalarni hisobdan chiqarish;

2- va 8-o‘quv binolarning yerto‘la qismidagi Dizayn studiyasi va Tikuvchilik ustaxonalarini kosmetik ta’mirlash, havo almashtirish tizimni tashkil etish Mebellarni joriy ta’mirlash kabi kechiktirib bo‘lmas vazifalar ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Muloqotlar davomida mas’ullar tomonidan rektorimizning o‘quv yili yakuni arafasida kampusning asosiy binosida joylashgan Yuridik, Tarix va Ijtimoiy fanlar fakultetlarining professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lgan uchrashuv jarayonidagi topshiriqlari ijrosi yuzasida ma’lumot berildi.

Yig‘ilish yakunida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda mas’ul xodimlardan yuqori mas’uliyat, doimiy rivojlanish va universitet strategiyasini amalga oshirishda faollik talab etilishi alohida ta’kidlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 62

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 54

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 55

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil