Dolzarb 90 Kun

“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionati yakunlandi!

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida o‘tgan “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionatining hududiy yakuniy bosqichi kutilganidek talabalarimizning ustunligida o‘tdi.

Ushbu nufuzli turnir davomida talabalar o‘zlarining strategik fikrlash qobiliyati, jamoaviy ishlash tajribasi va tezkor qaror qabul qilish salohiyatini namoyon etishdi. Chempionat “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy raqamli sohalarga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan Termiz davlat universiteti talabalari musobaqalarning "Just Dance" hamda "Dota2" yo‘nalishlarida 1-o‘rinni, CS2" yo‘nalishida esa 2-o‘rinni egallab joriy yilning 21-24-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Biz esa talabalarimizga musobaqaning respublika bosqichida ham omad tilaymiz.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 63

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 57

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil