TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universiteti rektori huzurida bo‘lib o‘tgan navbatdagi apparat yig‘ilishida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda kun tartibiga daxldor mas’ullar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida rektor A. Toshqulov Prezidentimiz raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari, unda ko‘rilgan masalalar va berilgan topshiriqlar yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Qarzdor talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish holati;

Shtatlar qisqarishi bilan bog‘liq vazifalar ijrosi;

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida har bir mahallada o‘tkaziladigan mehnat yarmarkalarida universitet bitiruvchilarining ishtirokini ta’minlash;

Masofaviy ta’lim shaklida o‘quv jarayonini tashkil etish, buning uchun platforma yaratish va fan resurslarini tayyorlash;

Auditoriyalar va laboratoriyalarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash;

Universitetdagi qo‘shma ta’lim dasturlarining targ‘ibotini kuchaytirish;

Fakultetlarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga kirishish;

Universitetda xorijlik talabalar ulushini oshirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga topshiriqlarning ijrosi va nazorati bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 63

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 57

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil