Dolzarb 90 Kun

Termiz davlat universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mustahkam hayotiy qarashlarini shakllantirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu jumladan, talabalarning ruhiy olami, irodasi va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi "Garov" nomli o‘zbek badiiy filmi namoyish etildi.

Film tomoshasi davomida talabalar chuqur hayajon va qiziqish bilan voqealarni kuzatdilar. Unda ilgari surilgan ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy g‘oyalar yoshlarda yuksak insoniy fazilatlar — fidoyilik, jasorat, va sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 64

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil