Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi – amaliy bilimlar sari ishonchli qadam

Bugun ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan boyitish dolzarb masalaga aylangan. Shu ma’noda, Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan amaliyot dasturi yosh mutaxassislarni yetuk kadrlarga aylantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ayni kunlarda talabalarimiz Qashqadaryo viloyatidagi quyidagi yirik va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari hamda nufuzli ilmiy markazlarda malaka oshirmoqdalar:

Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi

Shurtan gaz-kimyo majmuasi

Shurtan gaz qazib olish korxonasi

Muborak gazni qayta ishlash zavodi

“O‘zbekiston GTL” MChJ Darband kompleksi

Amaliyot davomida talabalar malakali muhandis va texnologlar rahbarligida: Dehqonobodda kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasi, uning kimyoviy tarkibi va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, Shurtan va Muborak korxonalarida esa gazni qazib olish, tozalash, saqlash, transportirovka qilish, shuningdek sanoat xavfsizligi va favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Bu jarayonlar nafaqat nazariy bilimlarning amalda qo‘llanishini ko‘rsatmoqda, balki talabalarda tahliliy fikrlash, muammolarni hal qilish, sanoat texnologiyalariga moslashish ko‘nikmalarini shakllantirmoqda.

Bo‘sh vaqtlarida esa talabalarimiz Qashqadaryoning boy tarixiy merosi, qadimiy obidalari va madaniy maskanlari bilan tanishib, ma’naviy bilim va dunyoqarashlarini ham boyitmoqdalar.

Mazkur amaliyot dasturi — Kimyo yo‘nalishidagi ta’lim sifatini oshirish, talabalarni mustaqil ilmiy izlanishlarga tayyorlash hamda ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga aniq yo‘naltirish borasida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.

TerDU – nazariya va amaliyot uyg‘unligiga asoslangan zamonaviy ta’lim maskani.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 64

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil