"Karera kuni – 2025" TerDUda!

TerDU rektori A.Toshqulov: “TerDU — faqat diplom emas, balki mustaqil fikr, mustahkam bilim va kelajakka ishonch deganidir!”

Termiz davlat universitetida navbatdagi mehnat yarmarkasi – "Karyera kuni" bo‘lib o‘tmoqda!

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev rahbarliklarida yoshlarni ta’lim, kasb va bandlik sohalarida qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor samarasi sifatida, bugungi tadbir yoshlar kelajagi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilaridan 4983 nafar yosh mutaxassis mehnat bozoriga kirish arafasida. Ulardan 28% allaqachon ish bilan ta’minlangan!

100 dan ortiq tashkilotlar, minglab bo‘sh ish o‘rinlari, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot — bugungi yarmarkaning asosiy mazmuni!

Shunchaki yarmarka emas – bu ta’lim va ish beruvchi o‘rtasidagi hamkorlik ko‘prigidir. Bugun, shuningdek, maktab, litsey va kasb-hunar ta’limi bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni ham tashkil etildi. Universitetimizning barcha fakultet va yo‘nalishlari haqida to‘liq ma’lumot oling, to‘g‘ri tanlov qilishga shoshiling!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil