“Akademik harakatchanlik” dasturining 2025-yil 2-chorak g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-aprelidan 30-apreliga qadar “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi o‘tkazildi. Unga yosh olimlar tomonidan 192 ta loyiha topshirildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 25 nafar yosh olimning loyihasi g‘olib deb topildi. Ular bilan quyida keltirilgan ro‘yxat orqali tanishishingiz mumkin.

Quvonarlisi ushbu tanlovda Termiz davlat universitetidan 5 nafar izlanuvchi g‘olib deb topildi. Kimyo fakultetining      3-nafar, tabiiy fanlar fakultetining 1 nafar, fizika-matematika fakultetining 1 nafar g‘oliblari aniqlandi.

1. Loyiha rahbari: G‘afforova Shahlo

Loyiha nomi: Tarkibida azot,oltingugurt tutgan selektiv sorbentlar olish va tadqiq qilish.

Loyiha mablag‘i: 64 000 000 so‘m

2. Loyiha rahbari: Yodgorov Ravshan

Loyiha nomi: Yuqori termoplastik xususiyatli polietilen sulfid olish va tadqiqoti.

Loyiha mablag‘i: 70 560 000 so‘m

3. Loyiha rahbari: Ashurova Muborak

Loyiha nomi: Mahalliy xomashyolar asosida mebel va qurilish sanoati uchun polimer yelimlar olish.

Loyiha mablag‘i: 63 796 000 so‘m

4. Loyiha rahbari: Choriyev Siroj

Loyiha nomi: Surxondaryo vohasida yeryong‘oq o‘simligida uchrovchi nematodalarni molekulyar identifikatsiya qilish.

Loyiha mablag‘i: 66 350 000 so‘m

5. Loyiha rahbari: Muhammadiyev Behruz

Loyiha nomi: Quyosh energiyasidan foydalangan holda Surxondaryo viloyatida suv tejovchi zamonaviy sug‘orish tizimlarini loyihalash va avtomatlashtirish.

Loyiha mablag‘i: 66 000 000 so‘m

Barcha doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlarini erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil