Xalqaro hamkorlik

TerDU va Qozog‘istonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik kengaytirilmoqda

Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (QS reytingida 163-o‘rin) hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (QS reytingida 621-630-oʻrin)ga tashrif amalga oshirildi. Uchrashuvlar davomida ta’lim va ilmiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

2026-yildan boshlab “Kimyo” hamda “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1+1 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish;

O‘quv adabiyotlari, Scopus bazasiga kiritiladigan ilmiy maqolalar hamda o‘quv qo‘llanmalarni hammualliflik asosida nashr etish;

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishida kadrlar tayyorlash maqsadida ilmiy stajirovkalar va grantlar doirasida malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.

Uchrashuv chog‘ida Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti rahbariyati Termiz davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tomonlar ilmiy va ta’limiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil