Rossiyalik olim Termizda

Entomologiya bo‘yicha bilim va tajriba almashinuvi Rossiya Fanlar akademiyasi Seversov nomidagi Ekologiya va evolyutsiya ilmiy institutining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori, professor Gongalskiy Konstantin Termiz davlat universiteti Zoologiya kafedrasida ilmiy tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif davomida professor: 1-kurs magistratura talabalariga “Xususiy entomologiya”, 3- va 4-kurs talabalarga esa “Biozararlanish asoslari” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tdi.

Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari bilan global ekologik muammolar va ularning ilmiy yechimlari yuzasidan amaliy seminarlar tashkil etildi.

Professor Gongalskiy ishtirokida Surxondaryo viloyati bo‘ylab bo‘g‘imoyoqlilar va hasharotlarni o‘rganish yuzasidan ilmiy ekspeditsiyalar o‘tkazildi. “Surxon” davlat qo‘riqxonasi hamda “Bobotog‘” milliy bog‘ida hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va natijada yangi ilmiy loyihalar ustida hamkorlik kelishuviga erishildi.

Mazkur ilmiy hamkorlik doirasida Termiz davlat universitetiga 1000 $ teng xorijiy investitsiya jalb qilinadi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil