1- va 2-kurs talabalari uchun bahorgi semestrning yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi

Termiz davlat universitetida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura mutaxassisligi 1- va 2-kurs talabalari uchun bahorgi semestrning yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida: Universitetda 2024/2025 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklining 51 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 36 ta magistratura mutaxassisliklari kesimida 2397 nafar talabalar o‘qishga qabul qilingan. Yakuniy nazorat imtihonlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida umumiy 170 ta fanlardan olib borilib, 24-may sanasiga qadar davom etadi. ​Shu bilan birgalikda, bitiruvchi kurs talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari ham boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida: Ushbu o‘quv yilida universitetda 41 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha besh mingga yaqin bitiruvchilar YADA sinovlarida ishtirok etib, kunduzgi ta’lim shaklidagi bitiruvchilar yozma, sirtqi ta’limdagilar esa test shaklida YADA ni topshiradilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil