Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Unda universitet rektori, Kengash a'zolari professor-o'qituvchilar, fakultet dekanlari va mas'ul rahbarlar ishtirokida kun tartibiga qo'yilgan muhim masalalar muhokama qilindi.

"Termiz universiteti" gazetasining 2025 yil 20 yanvardagi 1(372)-sonida vakansiyalar bo'yicha tanlovning yakuniy bosqichi o'tkazildi va natijalar tasdiqlandi.

Pedagog va rahbar xodimlar faoliyatini baholash (KPI) mezonlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Yangi indikatorlar asosida samarali baholash tizimi joriy qilindi.

Akademik qarzdor talabalar uchun qayta o'qish mexanizmlari ishlab chiqildi.

Professor-o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan darslik, o'quv qo'llanma va monografiyalar nashrga tavsiya qilindi. Ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, ta'lim sifatini yaxshilash va milliy resurslarni boyitishga qaratilgan materiallar muhokama qilinib, chop etishga tavsiya qilindi.

Ilmiy unvonlarga tavsiya qilish tizimi va akademik tartiblar takomillashtirilishi belgilandi.

Tayanch doktoranturaga yangi ixtisosliklar joriy etish, Ilmiy-texnik kengash tarkibini yangilash, hamda Innovatsion rivojlanish agentligi dasturlarida tadqiqotchilar ishtirokini faollashtirish bo'yicha vazifalar belgilandi.

Yig'ilish yakunida har bir masala yuzasidan qarorlar qabul qilinib, tegishli mas'ullarga vazifalar yuklatildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil