Oliy attestatsiya komissiyasi

Universitetimizda Oliy attestatsiya komissiyasi qarori asosida ilmiy unvon va darajalari tasdiqlangan professor-o‘qituvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi.

Tadbir davomida universitet rektori ilmiy unvonga ega bo‘lgan pedagoglarni samimiy tabriklab, ularning ilmiy faoliyati, ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi va universitet nufuzini oshirishdagi o‘rni yuqori baholandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, professor-o‘qituvchilarning yutuqlari nafaqat universitet, balki mamlakatimiz ilmiy salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda universitetimizda 684 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 269 nafari ilmiy darajaga ega: 35 nafari fan doktori (DSc), 234 nafari falsafa doktori (PhD) hisoblanadi. Natijada, universitetning umumiy ilmiy salohiyati 39,3 foizni tashkil etadi.

Mazkur ko‘rsatkichlar ilmiy izlanishlar samaradorligini yanada oshirish, innovatsion yondashuvlarni kuchaytirish va ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil