Universitet Apparat Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ta’lim sifatini oshirish

Universitet Apparat Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ta’lim sifatini oshirish, imtihonlarni tashkil etish va maktablar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlaridagi fanlar tuzilmasi xalqaro TOP-300 OTMlar dasturlari asosida qayta ko‘rib chiqildi. Yangi o‘quv dasturlari loyihalari ishlab chiqilishi, 25-apreldan 1-maygacha himoya qilinishi va 2-mayga qadar tasdiqlash uchun topshirilishi belgilandi. Tahlil qilinmagan yo‘nalishlar bo‘yicha kafedralardan topshiriq ijrosini o‘z vaqtida bajarishlarini ta’minlash bo‘yicha ogohlantirildi.

2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestri yakuniy nazorat imtihonlarini tizimli va shaffof tashkil etish bo‘yicha jadvallar tasdiqlandi. Imtihonlarni adolatli o‘tkazish tartibi belgilab berildi. Ijro holati yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotlar 30-iyunga qadar taqdim etilishi shart qilib ko‘rsatildi.

Oltinsoy tumanidagi 15 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlari tahlil qilindi. Maktablarga laboratoriya uskunalari, o‘quv adabiyotlari yetkazib berilgani, ustoz-shogird tizimi yo‘lga qo‘yilgani va fan hamda sport musobaqalaridagi faol ishtirok qayd etildi. Har bir kafedradan chora-tadbirlar dasturi taqdim etilishi belgilandi.

Universitet ta’lim tizimini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida fanlardan qayta o‘qishni tashkil etish platformasi - https://qaytaoqish.tersu.uz/ taqdimot qilindi.

Universitet professor-o‘qituvchilarning ilmiy loyihalar bo‘yicha fakultet va kafedralar kesimidagi monitoringi e’lon qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mas’ullar ogohlantirildi.

Yakunda barcha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Ularning ijrosi bo‘yicha muddat va mas’ul shaxslar belgilandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil