“Changemakers Summit-2025”

TerDU dotsenti Dilnoza Jo‘rayeva Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Changemakers Summit-2025” Britaniya-Italiya-Ozarbayjon hamkorligidagi sammitda ishtirok etmoqda

Ushbu anjuman yangi g‘oyalar, ilg‘or tajribalar va global hamkorliklar uchun o‘ziga xos platforma bo‘ldi. U dunyo bo‘ylab turli sohalarda ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shayotgan ta’lim va fan vakillarini, yosh yetakchilarni hamda innovatorlarni bir joyga jamladi.

Sammitda barqaror rivojlanish, raqamli ta’lim, iqlim o‘zgarishi va yoshlarning global jarayonlardagi ishtiroki kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Anjuman doirasida Boku davlat universiteti bilan xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha istiqbolli takliflar ilgari surildi.

Bu tashabbus ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil