TerDU rektori "Janub gavhari" talabalar teatr studiyasi a'zolari bilan uchrashdi

Mas'ullar ijodiy jamoa vakillari bilan bo‘lgan samimiy muloqotda sahna ortidagi mashaqqatlar tilga olindi, talabalarning ijrolari e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni bir manzilda jamlagan “Janub gavhari” talabalar teatr studiyasi universitetning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tashabbuslarida yangi davr boshlanganidan darak bermoqda. Uchrashuvda ayni jihatlar alohida urg'ulanib, talabalarning takliflariga quloq tutildi.

E’tiborlisi rektorimiz tomonidan  barcha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi. Bundan tashqari, rektorimiz buyrug‘i bilan havaskor aktyor talabalarimizga bir martalik stipendiya miqdorida pul mukofoti va yil yakuniga qadar har oyda bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha rag‘bat beriladi.

Shuningdek, universitet hisobidan talabalarimiz uchun Samarqand va Buxoro viloyatlari bo‘ylab sayohat tashkil etiladi. “Momo yer” asarini sahnalashtirish jarayonida iste’dodli talabalarimizni kashf etishda yaqindan yordam bergan tashkilotchilar ham rag‘batlantirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil