Termiz davlat universitetida navbatdagi kengaytirilgan apparat yig‘ilishi o‘tkazildi

Unda sohalar bo‘yicha prorektorlar fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, fakultetlardagi ofis menejerlari, mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida universitetning o‘quv   ishlari bo‘yicha prorektori yakunlanayotgan hafta davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi OTMlarida olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra TerDUda  amalga oshirilgan  raqamlashtirish ishlari  e’tirofga sazovor bo‘lganligi ta’kidlandi. Bu albatta jamoaning zamon bilan hamnafas odimlayotganidan darak beradi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar bo‘yicha birin-ketin mas’ullarning  axboroti tinglandi. www.edo.ijro.uz idoralararo hujjatlar aylanish tizimidagi topshiriqlar ijrosining holati ham qoniqarsiz deb baholanmadi.
Yig‘ilishda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi hamda  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘ida berilgan topshiriqlarning universitetda bajarilish holati  o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438-son qarori hamda 2024-yil 16-oktyabrdagi 158-son Farmoniga ijrosi bo‘yicha Oltinsoy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida va universitetga biriktirilgan 12 ta politexnikum va texnikumlarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida va turli masalalar muhokama etildi.

Yakunda berilgan axborot va taqdimotlar yuzasidan muhokamalar tashkil etilib, vazifalar belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil