Korrupsiyaga qarshi kurashish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5.03.2025-yil Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish va ularni halollik vaksinasi bilan emlash orqali korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida viloyat prokuraturasi hamda viloyatdagi OTMlar o‘rtasida tuzilgan "Qo‘shma reja" asosida viloyat prokuraturasi xodimlari TerDUda targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdi.

Tadbirda, talabalar ham jamiyatning faol a’zolari sifatida korrupsiya illatiga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lib, o‘z bilimi va tashabbuskorligi bilan davlatimizning porloq, adolatli kelajagini yaratishga hissa qo‘shmog‘i lozimligi qayd etildi.

Hurmatli talabalar agarda siz universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga duch kelsangiz oliygohning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining 76-221-7710 raqamli Ishonch telefoniga, yoki bo‘limning Korrupsion holatlar bo‘yicha murojaat boti: https://t.me/TerDUantiCorruption_bot elektron platformasi hamda 91-575-2001, 93-799-0101, 98-775-7758 uyali aloqa telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil