Universitetda tashabbuslar taqdimoti

Rektor huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qaroriga asosan, talabalarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish va ularning moliyaviy yukini yengillashtirish maqsadida, universitet talabalarini keyingi kurslardan boshlab to‘liq va tabaqalashgan grantlar bilan ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish taqdimoti amalga oshirildi.

Shundan so‘ng, universitetning ilmiy faoliyatini rivojlantirish va tadqiqotchilarning ishlarini kengroq auditoriyaga yetkazish uchun muhim platformani yo‘lga qo‘yish maqsadida, joriy etilayotgan "TerDU Xabarlari" va "Iqtisodiy Tahlil va Tadqiqotlar" nomli yangi ilmiy jurnallar taqdimoti tashkil etildi.

Prorektorlarning tashabbuslarini tinglash asnosida belgilangan vazifalarni shaffof amalga oshirish, tashkil etilayotgan ilmiy jurnallar orqali ayniqsa izlanishlar olib borayotgan yosh mutaxassislar faoliyatini yoritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil