TerDUda “Ijtimoiy-ma’rifat” kuni

Universitetimizda haftaning payshanba kuni “Ijtimoiy - ma’rifat” kuni sifatida belgilanganligi bois rektor va prorektorlar talabalarga ijtimoiy siyosiy mavzularda ma’ruzalar qilishadi.

Masalan rektorimiz A.Toshqulov yuridik fakultet talabalariga Prezidentimizning xalqaro maydondagi diplomatik aloqalari, fuqarolarning yaqin kelajakda emas bugun munosib sharoitlarda yaxshi yashashlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar xususida tahliliy ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, TerDU rektorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quv ishlari, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari ham auditoriyalarda bo‘lishib, o‘z yo‘nalishlari yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

Ta’kidlanganidek bunday muloqot va seminar mashg‘ulotlari talabalarda islohotlarga nisbatan daxldorlik va teran munosabatni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 70

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 62

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil