Bugun universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda dastlab universitet rektori Kengash raisi A.Toshqulov kun tartibiga "Termiz universiteti" gazetasining 2024-yil 16-dekabrdagi 16 (370)-sonida Termiz davlat universiteti vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari uchun kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor tanlovi yakuniy bosqichini o‘tkazish hamda natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida masalalarni Kengash a’zolarining tasdig‘idan o‘tkazdi.

E’longa asosan 92 ta vakant o‘rinlarga kelib tushgan arizalar asosida ovoz berish jarayonlari o‘tkazdirildi. Ovoz berish jarayoni raqamli texnologiyalardan unumli foydalangan holda elektron ko‘rinishda, shaffof va inson omilisiz o‘tkazildi.

Tanlovdan o‘tgan professor-o‘qituvchilar bilan 5 yil muddatga mehnat shartnomasini tuzish, istiqboldagi vazifalar belgilandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 71

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 61

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil