TerDU talabalar Malayziyada

O‘zbekiston va Malayziya hamkorlik aloqalarining amaliy bosqichi sifatida TerDUning 30 nafarga yaqin talabalari hamda o‘qituvchilari Malayziyaning Utara universiteti qishki maktab dasturiga jalb etilgani xususida xabaringiz bor.

Bugun erta tongdan Malayziyalik mutasaddilar tomonidan talabalarimiz yuqori kayfiyatda kutib olindi. Birinchi kundanoq vakillarimiz Malayziya madaniyati, tarixi bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tashrif davomida Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Utara universiteti faoliyati va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishgan talabalarimiz ‘’Royal Selangor’’ muzeyiga ham sayohat qilishdi.

O‘n kun davomida Malayziyada bo‘ladigan talabalarimizning taassurotlari bilan o‘rtoqlashib turamiz.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 62

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil