Qumqo‘rg‘onda ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida sport turlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi hamda 12-sonli maktab rekonstruksiyasi, 16-sonli bog‘cha sharoitlari bilan tanishdi, shuningdek, "Bobolochin" mahallasida aholi vakillari bilan muloqot qilib, infratuzilmani yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Shuningdek, 1-sonli politexnikumida oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan maktablar hamda professional ta’lim maskanlari bilan hamkorlikda rejalashtirilgan ishlar taqdimoti va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining axboroti bilan tanishildi.

Viloyat rahbari tashrif davomida 69-sonli maktabda ta'lim ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 30 ta maktab direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda "Arslonboyli" mahallasida aholining tomorqadan samarali foydalanishi va xonadonlarda 10 tupdan mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://www.facebook.com/share/192DEdcYLt/

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil