Termiz davlat universitetining talaba-qizlari ishtirokida “Rahbar ayol imijini yaratish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Unda talaba-qizlarimiz uzoq yillar xalq vakili sifatida qonun ijodkorligi tizimida ishlagan faxriy o‘qituvchi Sh. Oripova hamda ayni damda Surxondaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi xotin qizlar kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan O.Kucharova bilan samimiy muloqotga kirishishdi.

Termiz davlat Universiteti Xotin-qizlar maslahat kengash mas’ullari tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ayol rahbarning jamiyatdagi o‘rni, professional imijni shakllantirish hamda muvaffaqiyat sari intilish yo‘llari xususida  qimmatli ma’lumotlar berildi, hayotiy tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil