Vazir o‘rinbosari Shohrux Daliyev TerDU kampusida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev TerDU kampusida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Jarayonda vazirning birinchi o‘rinbosari va viloyatdagi oliygohlar mas’ullariga TerDUning 2025-yilda kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi  xususida axborot berildi.

Ushbu dasturga asosan universitetda:
—o‘quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta’lim sifatini oshirish;
—ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish;
—ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, talaba yoshlarda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
—moddiy-texnik ta’minot, o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash;
— xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olingan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 72

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil