Insholar tanlovi

Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, jadidlarimizning badiiy asarlari ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish hamda ularning ibratli hayoti va ijodi bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” mavzusidagi insholar tanlovining universitet bosqichi yakuniga yetdi.

Hay’at a’zolari har bir ishtirokchining ijodiy ishlarini baholashda uning mazmuni, mantiqiy va badiiy ifodaviyligiga alohida e’tibor qaratishdi. Ayni mezonlarni o‘zida jamlagan insholar mualliflari faxrli o‘rinlarni egalladi.

1-o‘rin:  Raxmonova Sevinch (kimyo fakulteti)
2-o‘rin:  Yusupova Maxliyo (yuridik fakulteti)
3-o‘rin:  Xolliyeva Aziza (kimyo fakulteti)

Ma’lumot o‘rnida, 1-o‘rinni egallagan talabamiz joriy yilning 6-fevral kuni Qarshi davlat universitetida o‘tkaziladigan tanlovning mintaqaviy bosqichida universitetimiz sharafini himoya qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil