Bugun rektor A.Toshqulov o‘tgan hafta davomida xorijiy xizmat safarida bo‘lib qaytgan professor- o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

Xitoyning Pekin shahar universiteti da bo‘lgan professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan "O‘zbek-Xitoy madaniy merosi va hunarmandchiligini o‘rganish markazi"ni tashkil qilish, san’at asarlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish, shuningdek, qadimiy hunarmandchilik topilmalarini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borilgani, shuningdek, hamkor oliygoh talabalari uchun ma'ruza mashg'ulotlarini o'tkazilgani aytib o'tildi

Turkiyaning Istanbul universitetida (QS reytingi) malaka oshirish kursini o‘tagan bir guruh professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan kafedralararo akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish hamda darsliklar chop etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi masalalar yuzasidan amaliy kelishuvlarga erishildi.

Armanistonning Yerevan davlat universitetida (QS reytingi) tashkil etilgan xalqaro rus tili va adabiyoti forumida 3 nafar professor-o'qituvchilarimiz o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, Rossiya-Arman universiteti (QS reytingi) bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib borishgani ta'kidlandi

Uchrashuv so'ngida, universitetimizning xalqaro yo'nalishdagi strategiyasi ishlab chiqilib, rahbar xodimlar, professor-o'qituvchilar va talabalarning xizmat safari yo'nalishlari oldindan rejalashtirilishi hamda xorij tajribasida olingan bilim va ko'nikmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha rektor tomonidan ko‘rsatmalar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil