Boʻlajak huquqshunoslar uchun ahamiyatli seminar

Bugun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti xodimi polkovnik Yaxyojon Abdulxakov ham universitetimizning professor-o‘qituvchi va talabalar bilan uchrashdi.

Muloqotlarda ichki ishlar organlarida kechayotgan islohotlar, kiber xavfsizlikning oldini olish omillari, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari xususida ma’lumotlar berildi.

E’tiborli tomoni, professor-o‘qituvchi va talabalarning malakali yuristlarni shakllantirishda ahamiyati katta bo‘lgan bu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkil etish borasidagi takliflari  Yaxyojon Abdulxakov tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Eslatib o‘tamiz, polkovnik Yaxyojon Abdulxakov 2021-yil 12-fevral kunidan 2024-yilning 12-yanvar sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 63

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil