Bugun Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Universitet rektori A.Toshqulov kengash a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan qutlab, yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni tasdiqdan o‘tkazdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 18-,19 noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari hamda 2024-yil 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida oliy ta’lim sohasi bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari to‘g‘risida.

Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish va talabalarning dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishini tartibga solish to‘g‘risida.

Shuningdek, Kengashda ilmiy unvonlar, darslik va o’quv qo’llanmalarmi nashrga tavsiya etish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil