“Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish” va “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish”

TerDUda yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq”, “Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish” va “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzularida davra suhbati tashkil etildi

Unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutor hamda 400 nafarga yaqin talabalar ishtirok etishdi. Muloqotlarda korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri ekanligi, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladigan omil ekanligi hayotiy misollar bilan izohlandi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashishda muvaffaqiyatli natijalarga erishgan xorijiy davlat tajribasi aks ettirilgan videoroliklar namoyish etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil