Termiz davlat universitetida "Yoshlar markazi" faoliyat boshladi

BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan markazning ochilish marosimi bayramona ko‘rinish kasb etdi.

Unda Surxondaryo viloyat hokimligi, TerDU rektori, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi, BMT taraqqiyot dasturi mas’ullari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 

Markaz universitet qoshida alohida kompleks sifatida tashkil etilgan bo‘lib, ingliz tilida turli-xil mavzularda munozaralar o’tkazish, kitob mutolaa qilish hamda kompyuter laboratoriyasi, yuridir klinika va multimedia xonalari zamonaviy qulay mebel jihozlari, elektron va boshqa qurilmalar bilan ta'minlangan.

Loyihaning ikkinchi qismi doirasida Surxondaryo viloyatidagi yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish hamda ularning bandligini oshirish maqsadida tematik treninglar va seminarlar tashkil etish orqali yoshlarning chet tillarini bilish darajasini oshirish, yuridik klinika faoliyati orqali ularga bepul huquqiy maslahatlar berish, biznes trenerlarni jalb qilgan holda ularni oʻqitish va oʻzlarining startap loyihalarini boshlab olishlariga koʻmaklashish koʻzda tutilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil