"QALQON" jamoatchilik mobil guruhi harbiy qismda

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Termiz davlat universiteti volontyor talabalaridan iborat “QALQON” jamoatchilik guruhi Termiz garnizonidagi harbiy qismlarning birida “Harbiy qismda bir kun” shiori ostida 24 soat davomida amaliy hamda nazariy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

Kun davomida Qalqon jamoatchilik mobil guruhi a’zolari  harbiy qismda jismoniy, ma’naviy hamda saf tayyorgarlikdan o‘tishgan bo‘lsa dala maydonida taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdi. Shuningdek harbiy xizmatchilar bilan bo‘lib o‘tgan sport estafeta o‘yinlarida esa munosib ishtirok etdilar.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqatini mustahkamlash, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ulardagi Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirishdan iborat.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 64

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil