“Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

2024/2025-oʻquv yilida talabalarni turar joy bilan tezkor taʼminlashning samarali tizimini joriy etish, talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazlarida eng namunali faoliyat olib borgan professor-oʻqituvchilar va talabalardan iborat volontyorlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” tanlovining yakuniy respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Belgilangan mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra:

1️⃣-oʻrin – Oʻzbekiston Milliy universiteti;

2️⃣-oʻrin – Termiz davlat universiteti;

3️⃣-oʻrin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti gʻolib deb topildi.

Tanlovning yakuniy respublika bosqichi gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi miqdorida pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantiriladi:

1-oʻrin – 30 mln so‘m;

2-oʻrin – 25 mln so‘m;

3-oʻrin – 20 mln so‘m.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalarni turar joy bilan tezkor taʼminlashda barcha oliy ta’lim muassasalari faollik ko‘rsatganligini e’tirof etgan holda Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazlarida faoliyat olib borgan barcha mas’ullarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 73

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 65

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil