“Sizga ta’zim ustozlar”

1-oktabr "Ustozlar va murabbiylar" bayrami munosabati bilan Termiz davlat universiteti professor-o'qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun bayram dasturi bo'lib o'tdi.

Unda Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov ishtirok etib, shogirdining muvaffaqiyati, yutuqlari bilan faxrlanadigan ustozlarga samimiy tilaklarini bildirdi. 

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdirlangan bir guruh pedagoglarning faxriy yorliqlari o‘z egalariga topshirildi.

Bayram dasturida universitetning "Jayhun" folklor-etnografik jamoasi chiqishlari ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Yakunda har bir pedagogga bayram sovg‘asi ulashildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 74

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 67

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil