“Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda”

Bugun yurtimizdagi barcha taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga start berildi. Termiz davlat universitetida ham “Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” shiori ostida oʻquv yili tantanali ravishda, koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov nutq soʻzlab, barcha yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi hamda talabalik baxtiga muyassar boʻlgani bilan tabrikladi. Ularga yangi oʻquv yilida yangi marralar, natijalarga erishishlarini tilab, oʻquv yilini rasman ochdi. 

Tadbirda soʻz olganlar yurtimizda soʻnggi yillarda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi. 

Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlagan talabalar  auditoriyalarga kuzatildi. Ularga Univesitetning professor-o‘qituvchilari  tomonidan mustaqillik darslari o‘tiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 74

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 67

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 66

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil